O‘zbekiston | 13:41 / 15.12.2022
10479
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda xonadonlarni «svet» bilan ta’minlovchi elektr simi yonib ketdi 

Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasidagi xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmog‘ida yuklama ortib ketishi natijasida simlar qisqa tutashuvidan kichik yong‘in sodir bo‘lgan.  

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani “Muqimiy” MFY hududidan o‘tgan elektr uzatish havo tarmog‘idagi kabel yonib ketgani haqida video tarqaldi

“Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi

Unda aytilishicha, 15 dekabr kuni Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmog‘ida yuklama ortib ketishi natijasida simlar qisqa tutashuvidan kichik yong‘in kelib chiqqan. 

Havo harorati keskin pasayishi gaz bosimi pasayib ketishiga sabab bo‘lyapti. Munosabatda ma’lum qilinishicha, gaz bosimi pasayishi natijasida elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib joylardagi mavjud past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida avariyali uzilish holatlari yuzaga kelyapti. 

“Ayni vaqtda, Yakkasaroy TeTK tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan avariyani tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha choralar ko‘rilib, hududlarda tezkor brigadalar tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilib, avariya holati bartaraf etilmoqda”, – deyiladi rasmiy xabarda. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, kabellar yonganda vazirlikka murojaat qilish shart bo‘lmaydi.

“Chunki kabel yongan paytda elektr toki tarmoqdan uziladi va qisqa vaqt ichida yong‘in o‘chadi. Chetdan katta yong‘indek ko‘ringani bilan bu unchalik katta muammo emas”, – dedi u.

Мадина Очилова
Tayyorlagan Мадина Очилова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid