Xerson o‘qqa tutilmoqda, Kiyevga dronlar hujumi davom etmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 294-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Kiyevga Rossiyadan uchirilgan Eron dronlari bilan hujum uyushtirildi. Kiyev oblasti rasmiylariga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari 13 dona kamikadze dronlarni urib tushirgan. Dronlarning parchalari shahardagi beshta binoni shikastlagan;
- Ukrainalik ombudsmen Dmitro Lubinets Xersonda voyaga yetmaganlar ushlab turilgan «bolalar kamerasi» aniqlanganini xabar qildi;
- Davlat dumasida Ukrainaning bosib olingan hududlarida RF manfaatlari doirasida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazoni bekor qilish taklif etildi;
- Davlat dumasi Rossiya IT-kompaniyalarining xorijga ketgan xodimlarining RFda masofadan ishlash huquqini cheklash to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Raqamli rivojlantirish vazirligi bu tashabbusga qarshi;
- Deputatlar qo‘poruvchilik faoliyati uchun jinoiy jazo to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq qabul qilishdi;
- 24 fevraldan keyin qariyb sakkiz million ukrainalik xorijga ketgan. Bu amalda mamlakat aholisining 20 foizini tashkil etadi.
Quyida 14 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Ozod etilgan Chornobayivkadagi kundalik hayot
Chornobayivka — Xersondan taxminan 11 kilometr g‘arbda joylashgan posyolka. Rossiya qo‘shini bu aholi yashash manziliga 27 fevral kuni kirishgandi — bundan maqsad uning yaqinidagi «Xerson» aerodromini egallash va u yerga harbiy texnikalarini joylashtirish bo‘lgan. Keyingi oylar mobaynida Ukraina qurolli kuchlari aerodrom bo‘ylab zarbalar berdi va RF armiyasi qurollarini yo‘q qildi. 11 noyabr kuni, Rossiya Xerson oblastidan chekingach, Chornobayivka Ukraina nazoratiga qaytdi. Endi ushbu posyolka meri Igor Dudar va uning jamoasi Chornobayivkani normal hayotga qaytarish ustida ishlamoqda. Qishloqda tezda aholi uchun ichimlik suvi ta’minoti tiklangan, yordam ko‘rsatish punktlari ochilgan, bunday joylarda odamlar tekinga oziq-ovqat va eng zarur mahsulotlarni olishi mumkin. Bundan tashqari, Chornobayivkada shikastlangan elektr tarmoqlari va vayron qilingan uylar ham faollik bilan tiklanmoqda.
Kiyevga dronlar hujumi
14 dekabr kuni Kiyevning Shevchenkovo rayonida portlashlar sodir bo‘ldi. Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko va shahar ma’muriyati Ukraina qurolli kuchlari Kiyev shahri va Kiyev oblasti ustida eronliklarning rossiyalik harbiylar tomonidan uchirilgan 13 ta kamikadze dron urib tushirilganini xabar qildi. Dronlar qulashi oqibatida Shevchenkovo rayonida ma’muriy bino to‘rtta xususiy turar joy binosi shikastlangan.
Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari
Mavzuga oid
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024
The Telegraph: Tramp rejasi Britaniya qo‘shinlarini Ukraina chegarasiga joylashtirishni nazarda tutadi
11:08 / 09.11.2024
563 nafar harbiyning jasadi Ukrainaga qaytarildi
09:08 / 09.11.2024