Jahon | 16:30 / 19.12.2022
23371
6 daqiqa o‘qiladi

Baxmut va Donetskdagi vayrongarchiliklar, futbol ko‘rayotgan ukrain askarlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 298-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionatining Argentina — Fransiya o‘rtasidagi final bahsidan oldin videomurojaat qilmoqchi bo‘lgan. Ammo chempionat tashkilotchilari, Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) bunga ruxsat bermagan. Endi videomurojaat matni Tribuna.com saytida e’lon qilindi.
  • Belgorod oblasti rahbari Vyacheslav Gladkov Belgorod shahri va oblasti o‘qqa tutilishi oqibatida kamida sakkiz kishi jabrlanib, bir kishi halok bo‘lganini xabar qildi.
  • «DXR» rasmiylari Donetsk bir kun ichida Ukraina qurolli kuchlari tomonidan to‘rt bor o‘qqa tutilganini xabar qildi. Natijada Kirov nomidagi shifoxona korpusi shikastlangan, bir kishi qurbon bo‘lgan.
  • Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Aleksey Arestovich Ukraina qurolli kuchlari Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovni yo‘q qilishga harakat qilganini tasdiqladi. Bu haqda The New York Times nashrining rossiyaliklarning Ukrainani tezkorlik bilan egallash bo‘yicha rejasi nega muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqidagi katta materialda keltiriladi.

Quyida 18 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmutning yarim yillik janglardan keyingi ko‘rinishi

May oyining ikkinchi yarmidan Rossiya qo‘shini Baxmut shahrini (2016 yilga qadar — Artemovsk deb atalgan) kuchli darajada o‘qqa tuta boshladi — bu muhim transport tugunida joylashgan va ukrainlarning mustahkamlangan istehkomlaridan biri bo‘lgan shahar edi, bu shahar rossiyaliklarning Kramatorsk, Slovyansk, Seversk va Toretsk tomon yurishi yo‘lini to‘sib turardi. 5 iyul kuni Rossiya qo‘shinlari Lisichanskni egallashdi, avgust oyiga kelib Baxmutning atrofidagi hududlarga kirishdi. Yoz oxirida rossiyaliklarning bu yo‘nalishdagi asosiy kuchi — «Vagner» guruhi jangchilari — shahar tomon bir necha kilometrga ilgarilashdi. Bir necha oydan buyon shahar atrofida intensiv janglar davom etmoqda. Shu bilan birga, bir necha oydan buyon suv ta’minoti, issiqlik va tok yo‘q bo‘lgan shaharda tinch aholi vakillari ham yashamoqda.

Baxmut sharqida otishmalar oqibatida yakson bo‘lgan yengil avtomobil
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Rossiya raketalari kelib tushishi oqibatida vayron bo‘lgan besh qavatli turar joy binosi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari jangchilari shikastlangan ko‘prik orqali daryo irmog‘idan o‘tmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut markazida turgan yengil mashina
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut aholisi vakili yaqindagi suv havzasidan suv olib kelish uchun ketmoqda. To‘xtovsiz intensiv janglar va muntazam otishmalarga qaramay (buning oqibatida shaharda anchadan buyon suv ham, tok ham, issiqlik ham yo‘q), Baxmutda tinch aholi vakillari qolishi davom etmoqda.
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmut yerto‘lalaridagi hayot 

Doimiy zarbalar tufayli Baxmut aholisi vakillari ko‘p vaqtni yerto‘lalarda o‘tkazishiga to‘g‘ri kelmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Baxmut aholisi vakillari ukrain-isroil xayriya tashkiloti «Frida» ko‘ngillilari qabuliga navbat kutmoqda, bu tashkilot Ukrainaning Rossiya tajovuzidan jabrlangan aholisiga tibbiy yordamlar ko‘rsatadi.
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Baxmut aholisi vakili pechkada isinmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Jahon chempionatini tomosha qilayotgan ukrain askarlari 

Kramatorskdagi Ukraina qurolli kuchlari jangchilari Qatardagi jahon chempionatining Argentina va Fransiya jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvini tomosha qilishmoqda. Foto: Alena Yarysh / Reuters / Scanpix / LETA

Donetsk o‘qqa tutilishi oqibatlari

Donetsk oblastida frontning boshqa tomonida Donetsk shahrining o‘zi muntazam ravishda Ukraina qurolli kuchlari tomonidan raketa va artilleriya zarbalariga uchramoqda. 18 dekabr kuni navbatdagi hujumlar natijasida Kalinin nomidagi shifoxona korpuslaridan biri yonib ketgan. 

Ukraina tomoni zarbalari oqibatida «Bagration» restorani hududida chiqqan yong‘in
Valentin Sprinchak / TASS
«DXR» o‘t o‘chiruvchilari «Bagration» restoranidagi yong‘inni o‘chirmoqda
Valentin Sprinchak / TASS
Donetskda ukrain harbiylari tomonidan berilgan zarbalar natijasida shikastlangan turar joy binosi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kalinin nomidagi shifoxonaning ukrainlar zarbasidan vayron bo‘lgan palatasi. «DXR» rasmiylariga ko‘ra, hujum oqibatida bemorlardan biri og‘ir tan jarohat olish oqibatida vafot etgan. Foto: Valentin Sprinchak / TASS

Mavzuga oid