Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona orqali ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibiga o‘zgartirish kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli tizimni qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Xalqaro aeroportlar orqali uchib ketayotgan yo‘lovchilarni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda maxsus ajratilgan joylarda masofaviy vizual kuzatuvni amalga oshirish orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni ta’minlaydigan “Masofaviy bojxona nazorati” tizimi joriy etilgani sababli, xalqaro aeroportlar uchib ketish yo‘nalishida ikki yo‘lakli tizim bekor qilinmoqda. Ushbu tizim “Samarqand xalqaro aeroporti”da joriy etilgan.
“Masofaviy bojxona nazorati” tizimi orqali nazorat qilinayotgan jismoniy shaxslar va ular qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilmasligi, faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlardan kelib tushgan ma’lumotlar asosida tekshirilishi tartibi belgilanmoqda.
Bunda, aviatsiya xavfsizligi xizmati tomonidan jismoniy shaxslar va ular qo‘l yuklari tekshiriladi va bojxona rasmiylashtiruvi uchun alohida joylar tashkil etiladi.
Masofaviy bojxona nazorati tizimi tashkil etilgan xalqaro aeroportlar yo‘lovchilar harakatlanadigan zallariga talablar va jismoniy shaxslar masofaviy bojxona nazoratidan o‘tish tartibi, ikki yo‘lakli tizim joriy etilmagan chegara bojxona postlarida jismoniy shaxslar bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tish tartibi tasdiqlanmoqda.
Hujjat loyihasi qabul qilinishi natijasida jismoniy shaxslar va ular qo‘l yuklarini inson omilisiz “masofaviy bojxona nazorati” tizimi orqali bojxona nazoratidan o‘tkazilishi huquqiy asosi yaratilishiga, soddalashtirilgan bojxona tartibotlari joriy etilishiga erishiladi.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025