Jahon | 15:23 / 20.12.2022
26706
8 daqiqa o‘qiladi

Ilonli oroldagi mushuklar va yakson bo‘lgan rus texnikalari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 299-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar: 

  • 19 dekabrga o‘tar kechasi Kiyevga Rossiya qo‘shini tomonidan uchirilgan kamikadze dronlari hujum qildi. Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari qo‘mondonligi 35 ta drondan 30 tasi urib tushirilganini xabar qildi;
  • Belgorod oblastida otishmalar oqibatida 14 mingga yaqin kishi toksiz qoldi. Gubernator Vyacheslav Gladkov hujumlarda ukrain harbiylarini aybladi. Kursk oblasti rahbari Roman Starovoyt ham regionga ikki bor zarba berilganini xabar qilgan;
  • Sevastopolda sud mahalliy aholi vakili Yevgeniy Petrushinni Ukrainaga Qora dengiz floti kemalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish ishi doirasida davlatga xiyonatda ayblab, 12 yilga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm chiqardi;
  • Sankt-Peterburgda 17 yoshli maktab o‘quvchisi qo‘lga olindi, u Peterburg va Mariupol shaharlari «birodar shaharlar»ga aylanishi sharafiga barpo etilgan installyatsiyaga «Qotillar, siz uni bombardimon qildingiz. Iuda» deb yozib qo‘ygan. Ushbu qizga nisbatan Rossiya armiyasini «obro‘sizlantirish» bo‘yicha ma’muriy ish ochilgan;
  • Putin va Lukashenko Minskda uchrashib, iqtisodiy va harbiy hamkorlikni muhokama qildi. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Belarusga «Iskander» va C-400 raketa komplekslarini taqdim etadi;
  • «Yedinaya Rossiya» xorijga ketgan rossiyaliklarning ayrimlariga masofadan ishlashni taqiqlovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Quyida 19 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Ilonli oroli: urush davridagi ilk kadrlar

Ilonli (Zmeiniy) oroli Qora dengizda, Dunayning dengizga quyilish joyida, Ruminiya sohillaridan 45 kilometr masofada joylashgan — Rossiya qo‘shinlari uchun orol muhim strategik ahamiyatga ega edi. Ukraina urushning ilk kunlaridayoq orol ustidan nazoratni boy bergandi. 28 fevral kuni Ukraina armiyasi orolda bo‘lib turgan 13 nafar ukrain chegarachisi rossiyaliklarga asir tushganini tan oldi (kuzda harbiy asirlar almashinuvi doirasida ularning bir qismi Ukrainaga qaytarildi). Faqat 30 iyun kuniga kelib Ukraina RF qo‘shinlarining oroldagi pozitsiyalariga zarbalar berishga muvaffaq bo‘ladi. Rossiya mudofaa vazirligi o‘z qismlari oroldan chekinganini e’lon qiladi va buni «ezgu niyatdagi qadam» deb ataydi. Ukraina qurolli kuchlari esa, rossiyaliklar orolni katta yo‘qotishlarga uchrayotgani tufayli tark etganini ma’lum qiladi. Quyidagi fotosuratlar — Ilonli orolda urush davrida olingan ilk suratlardir.

Michael Shtekel / AP / Scanpix / LETA
Ilonli oroli (Zmeiniy) nomi yozilgan joyda turgan ukrainalik harbiy
Michael Shtekel / AP / Scanpix / LETA
Orol uchun janglar vaqtida vayron bo‘lgan bino
Michael Shtekel / AP / Scanpix / LETA
Michael Shtekel / AP / Scanpix / LETA
Michael Shtekel / AP / Scanpix / LETA
Ukrain harbiysi orolda yashovchi mushuklar oldida. Iyul oyida ukrain nashrlari askarlardan biri Ilonli oroldan qutqarib olgan mushuk haqida yozgandi. Unga ko‘ra, jonivor mo‘jiza tufayli yuzlab otishmalardan omon chiqqan. Mushukka Zmey laqabi berilgan va xo‘jayin topilgan, hozirda u Kiyevda yashamoqda. Foto: Michael Shtekel / AP / Scanpix / LETA
Michael Shtekel / AP / Scanpix / LETA

Ukrainada dushanbaga o‘tar kechasi berilgan zarbalar oqibatlari

Dushanbaga o‘tar kechasi Kiyev shahri va Kiyev oblastiga Eronning rossiyalik harbiylar tomonidan uchirilgan Shahed rusumli kamikadze dronlari hujum qildi. Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichko bir necha portlashlar va muhim infratuzilma obektlariga zarbalar kelib tushgani haqida xabar bergan. Kiyev oblastida uch kishi jabrlangan, yetti rayondan uchtasida elektr o‘chirilgan. Ukraina qurolli kuchlari aviatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar 35 dron uchirgan, shundan 30 tasi urib tushirilgan. Volodimir Zelenskiy bular Rossiya Erondan qabul qilib olgan yangi partiyadagi dronlar bo‘lganini ma’lum qildi.

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevda dronlar hujumidan keyin muhim infratuzilma obektida chiqqan yong‘in
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchilar muhim infratuzilma obektiga hujumdan keyin chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda
Ukraina FVV / Reuters / Scanpix / LETA

 

Kiyevdagi turar joy binosiga hujum oqibatidagi vayrongarchilik
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Stariye Bezradichi qishlog‘ida yashovchi keksa yoshli kishi itini qidirmoqda. Ushbu qishloq Kiyev oblastining Obuxovskiy rayonida, poytaxtdan taxminan 40 kilometr janubda joylashgan. Foto: Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA

Xersondagi kundalik hayot

Xerson Ukraina nazoratiga qaytganiga bir oydan oshdi. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, shahar avvalgi hayot tarziga qaytmoqda: aholining 80 foizi ichimlik suvi, 75 foizi — issiqlik, 90 foizi — elektr bilan ta’minlangan. Ammo Rossiya qo‘shini shaharni muntazam raivshda o‘qqa tutishda davom etmoqda.

Avliyo Mikolay libosini kiygan kishi Xerson markazida qizaloq bilan o‘ynamoqda. Ukrainada 19 dekabr kuni Avliyo Mikolay kuni nishonlanadi. Bu yil Ukraina temiryo‘llari YUNISEF bilan hamkorlikda ozod etilgan hududlardagi bolalarga sovg‘alar yuborish uchun «Avliyo Mikolay poyezdi»ning uchta reysini yo‘lga qo‘ydi. Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina armiyasi mexanigi Xerson yaqinida shikastlangan harbiy texnikani qismlarga ajratmoqda. U Rossiyaniki yoki ukrainlarniki ekaniga aniqlik kiritilmagan.
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Stepanovka posyolkasida yashovchi ayol mahalliy maktabda snaryad parchasidan shikastlangan tomni ko‘rsatmoqda. Stepanovka Xersondan 9 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan.
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xerson aholisi vakili Ukrainaning nisbatan xavfsiz hududlariga evakuatsiya bo‘lish uchun vokzalga kelgan.
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xerson musiqali-drama teatri bosh rejissyori Yuriy Kerpatenkoning tobuti yonida turgan Marina Asexovskaya. Rossiyaliklar okkupatsion hukumat bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgan Kerpatenkoni oktyabr oyi oxirida, o‘z uyida otib tashlashgan. Dafn marosimi 19 dekabr kuni Xersonda bo‘lib o‘tdi. Foto: Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xersondan Kiyevga ketayotgan evakuatsiya poyezdi oynasidan qarayotgan bola
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mikolayiv tomondan Xersonga kirishda o‘rnatilgan bilbordda «Xerson. Gorod-geroy» (Xerson. Qahramon shahar) yozuvi aks etgan.
Artur Widak / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid