Jahon | 14:51 / 22.12.2022
16811
5 daqiqa o‘qiladi

Baxmut mudofaasidagi askarlar va frontda ishlayotgan shifokorlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 301-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Volodimir Zelenskiy urush boshidan buyon ilk xorijiy safarini AQShga amalga oshirdi. U Jo Bayden bilan uchrashdi va Kongress qarshisida chiqish qildi;
  • AQSh Ukrainaga 1,85 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi haqida rasman e’lon qildi. Bu paket doirasida Ukrainaga ilk bor Patriot tizimlari yetkazib beriladi — bu Ukraina ancha vaqtdan buyon so‘rab kelayotgan raketa hujumlariga qarshi mudofaa tizimi hisoblanadi. Bayden ham Patriot yetkazib berilishini tasdiqladi.
  • Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu harbiy chaqiruv yoshini bosqichma-bosqich oshirishni taklif qildi – muddatli harbiy xizmatga hozirgidek 18 yoshdan 27 yoshgacha emas, balki 21 yoshdan 30 yoshgacha olishni. U shuningdek qurolli kuchlar sonini 1,5 million kishiga yetkazish (350 mingga ko‘paytirish) tashabbusini bildirgan;
  • Mudofaa vazirligi hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida Vladimir Putin ham chiqish qildi — xususan, u «mamlakat barchasini berishi» va qurolli kuchlarni moliyalashtirishda hech qanday cheklov bo‘lmasligini aytdi;
  • Donetskda «Roskosmos»ning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin yaralandi. Baza ma’lumotiga ko‘ra, u tug‘ilgan kunini nishonlayotgan restoran o‘qqa tutilgan. Rogozinning o‘zi bel sohasidan yaralanganini ma’lum qilgan. Shifokorlar Rogozinning umurtqasidan snaryad parchasini olib tashlolmagan;
  • Davlat dumasi qo‘poruvchilik hamjamiyati tashkil etish, diversiya harakatlariga o‘qitish, ularga ko‘maklashish, moliyalashtirish hamda targ‘ib etish uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llashni ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qildi.

Quyida 21 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Baxmut mudofaasi

Ukrain harbiylari iyul oyidan buyon Baxmutni Rossiya yurishlaridan himoya qilmoqda. Shahar RF armiyasi uchun strategik ahamiyatga ega:  bu muhim transport tuguni va Ukraina armiyasining mustahkam istehkomi bo‘lib, Rossiya bu shaharni egallasa, Ukraina nazoratidagi Kramatorsk, Slovyansk, Seversk va Toretsk shaharlariga yurish qilish imkoniga ega bo‘ladi. Yoz oxiridan buyon Baxmut atrofida shiddatli janglar kechmoqda, bu harbiy harakatlarda Rossiya tomonida asosan «Vagner» xususiy-harbiy kompaniyasi jangchilari ishtirok etmoqda. Ammo ukrain harbiylari hamon shaharni muvaffaqiyat bilan himoya qilmoqda.

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA
Sameer Al-Doumy / AFP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Andre Luis Alves / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrainlarning Toretskdagi harbiy hospitali

Toretsk shahri Donetskdan 40 kilometr shimolda, Horlivkadan 26 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. 2014 yildan buyon front chizig‘i Toretsk va Horlivka o‘rtasidan o‘tadi. Shahar tez-tez zarbalarga duchor bo‘ladi, Donetsk oblastining Ukraina tomonidan tayinlangan hukumati rahbari Pavel Kirilenkoning ma’lumotiga ko‘ra, 8 dekabr kungi zarbalar oqibatida bir kishi halok bo‘lib, kamida 12 ta turar joy binosi shikastlangan. Toretskda harbiy shifokorlar Ukraina qurolli kuchlarining yaralangan harbiylarini jarrohlik amaliyotidan o‘tkazishadi. Quyida ularning faoliyatini aks ettiruvchi suratlar.

Pierre Crom / Getty Images
Pierre Crom / Getty Images
Pierre Crom / Getty Images
Pierre Crom / Getty Images

Xerson o‘qqa tutilishi oqibatlari

Rossiyalik harbiylar noyabr oyida Ukraina nazoratiga qaytarilgan Xersonni doimiy ravishda o‘qqa tutmoqda. 20 dekabr kuni yo‘llangan zarbalar oqibatida shaharning g‘arbiy qismidagi Jilposelok mikrorayonida ko‘p kvartirali uy vayron bo‘ldi. Xerson shahar kengashi ma’lumotiga ko‘ra, shu kuni rossiyalik harbiylar oblast hududiga 71 bor zarba yo‘llagan, bir kishi halok bo‘lgan.

Xerson g‘arbida otishmalardan vayron bo‘lgan ko‘p qavatli kvartira vayronalari oldidagi ayol
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Shahar o‘qqa tutilishi chog‘ida yaralangan xersonlik tez yordam mashinasida
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xerson aholisi vakili otishma vaqti shikastlangan kvartirasidagi deraza o‘rnini o‘lchamoqda
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Otishma vaqtida zarba kelib tushgan kvartiralardan biridagi vayrongarchilik
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid