Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiya harbiy-sanoat kompleksi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘nta kompaniyaga qarshi sanksiya kiritdi
Vashington Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga aloqador yana o‘nta kompaniyaga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
AQSh Moliya vazirligi (G‘aznachilik departamenti) saytida ma’lum qilinishicha, sanksiyalar ro‘yxatiga mudofaa korxonalari uchun asbob-uskunalar yaratish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar kiritilgan.
Ular orasida, xususan, I.V.Gorinin nomidagi «Prometey» konstruksiya materiallari markaziy ilmiy-tadqiqot instituti va «Kurchatov instituti» milliy tadqiqot markazi bor.
Bundan oldin joriy yil natijalariga ko‘ra, Rossiya kosmik sanoatining yo‘qotishlari 50 mlrd rubldan oshishi mumkinligi xabar qilingandi.
«Bugungi kunda Roskosmosdagi moliyaviy-iqtisodiy vaziyat shuni ko‘rsatadiki, yumshoq qilib aytganda, bu yerda hammasi joyida emas. 2021 yilda davlat korporatsiyasining zarari 31 milliardni tashkil etdi», - dedi Roskosmos davlat korporatsiyasi rahbari Yuriy Borisov «Vedomosti» nashriga intervyuda.
«24 fevraldan keyin yuzaga kelgan vaziyatni - bir qator xalqaro shartnomalar, jumladan, dvigatellarni yetkazib berish, ishga tushirish xizmatlarini rad etishni hisobga olsak, hammasi yomonlashdi. 2022 yil oxirigacha rejalashtirilgan yo‘qotishlar 50 milliard rubldan oshadi», - dedi Borisov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘qotishlarning asosiy manbasi «korxonalar ishini noto‘g‘ri tashkil etish bilan» bog‘liq.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025