Jahon | 16:30 / 23.12.2022
18132
6 daqiqa o‘qiladi

Xersonda rossiyaliklar talab ketgan muzeylar, inglizcha o‘rganayotgan askarlar. Urush suratlari

 Ukrainada urushning 302-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Roskosmos»ning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin Donetskdagi restoran o‘qqa tutilishi oqibatida yaralandi. Baza ma’lumotiga ko‘ra, bu sobiq mulozim o‘z tug‘ilgan kunini nishonlayotgan «Shish-Besh» restoranida ro‘y bergan;
  • Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiya armiyasining urush boshidan buyon bergan yo‘qotishlari (halok bo‘lganlar) taxminiy soni 100 ming kishiga yetganini ma’lum qildi;
  • Associated Press jurnalistlari istilo ostidagi Mariupolda mart oyidan buyon 10 mingdan ortiq yangi qabrlar paydo bo‘lganini aniqladi. Jurnalistlar sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va videomateriallarni tadqiq qilgan holda shunday xulosaga kelishgan, ularning hisob-kitoblari arxeolog-kriminalistlar tomonidan ham tasdiqlangan;
  • Amerika hukumati «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi KXDRdan qurollar partiyasini qabul qilib olganini xabar qildi.

Kunning asosiy voqeasi. Donetskdagi mehmonxonaga zarba, uning natijasida Dmitriy Rogozin jarohat olgan

21 dekabr kuni «Roskosmos» davlat korporatsiyasining sobiq rahbari Dmitriy Rogozin Donetskdagi mehmonxona o‘qqa tutilishi oqibatida yaralandi. Sobiq amaldorning o‘zi «oskolka umurtqa pog‘onasidan bir santimetr naridan o‘tgani» haqida aytdi. Ammo Baza u boshining yumshoq to‘qimalari, dumba qismi va chap son qismidan jarohat olgani haqida yozdi. Keyinroq shifokorlar uning tanasidan oskolka parchalarini olib tashlashni uddalay olishmayotgani haqida xabarlar chiqdi. Rogozinning o‘zi mehmonxona o‘qqa tutilishini tasodif deb hisoblamasligi va kimdir uning qayerda ekani haqidagi ma’lumotni ukrainlarga jo‘natgani haqida gapirdi. U tug‘ilgan kuniga «DXR» «bosh vaziri» Vitaliy Xotsenkoni chaqirgan, uning tashrifidan 10 daqiqa o‘tib snaryadlar uchib kelgan. Rogozin «DXR» hududida «Shoh bo‘rilari» («Tsarskiye volki») harbiy maslahatchilari guruhini boshqaradi, bu guruh ushbu hududdagi harbiy bo‘linmalarga harbiy-texnik yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

Donetskdagi Dmitriy Rogozin yaralangan «Shish-Besh» restorani zali. Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, restoran o‘qqa tutilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. Foto: Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Vayron bo‘lgan «Shish-Besh» restoranidan shampan vinolari solingan qutini olib chiqayotgan kii. Donetskdagi telegram-kanallarga ko‘ra, bino 155 mm kalibrli snaryadlar bilan o‘qqa tutilgan — bu NATO standartidagi qurol hisoblanadi.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Xersonda okkupatsiya chog‘ida talangan muzey 

Xerson o‘lkashunoslik muzeyining rossiyaliklar tomonidan talangan zallaridan biri. Direktor Tsentralnogo muzeya Tavridy Simferopoldagi Tavrida markaziy muzeyi direktori Andrey Malgin RTVi bilan suhbatda Xersondagi muzeydan olib chiqilgan eksponatlar Qrimda saqlanayotganini tasdiqlagan. Aynan qanday eksponatlar ekaniga aniqlik kiritilmagan. Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, rossiyalik harbiylar va ularning buyrug‘i bilan harakatlangan oddiy odamlar noyabr oyidagi chekinishdan oldin Xersondagi ikki muzey, sobor va milliy arxivdan minglab qimmatli artefaktlar hamda san’at asarlarini o‘g‘irlashgan.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xerson o‘lkashunoslik muzeyi direktori Olga Goncharova muassasa zallaridan birida ship-shiydam qilib ketilgan vitrinani ko‘rsatmoqda.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Kema shaklida yasalgan va avval qadimiy amforalar joylashgan, endi esa bo‘sh qolgan vitrina.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xerson o‘lkashunoslik muzeyidagi bo‘sh vitrinalar. Ukraina madaniyat vazirligi baholariga ko‘ra, rossiyaliklar minglab eksponatlarni olib ketgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori yuzlab million yevrolarda o‘lchanadi.
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Donbassdagi ukrain askarlari pozitsiyasi 

Baxmut yaqinidagi pozitsiyada iti bilan turgan ukrain harbiysi — bu ayni vaqtda Rossiya armiyasi yurishining asosiy nishoni bo‘lib, shahar uchun shiddatli janglar kechmoqda.
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi front chizig‘i yaqinida joylashgan boshpanada turgan ukrainalik harbiy xizmatchi
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Front chizig‘i yaqinidagi boshpanada terib qo‘yilgan ukrain harbiy xizmatchilarining avtomatlari
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar minomyot orqali rossiyaliklarning Baxmut atrofidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutishmoqda
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy xizmatchilar Donetsk oblastidagi front chizig‘ida tankka qarshi granatomyotdan o‘t ochishga tayyorlanmoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv oblastining Izyum shahri yaqinidagi dala maydonida yakson etilgan rus tanki
Pierre Crom / Getty Images

Ukrain askarlari uchun ingliz tili darsi 

Ukrainalik harbiylar Kiyevda ingliz tili darsida. Ukraina qurolli kuchlari jangchilari AQSh va boshqa mamlakatlarning harbiy yordamidan to‘liq foydalana olish uchun maxsus atamalarni ham o‘rganishmoqda.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid