O‘zbekiston | 10:48 / 24.12.2022
12513
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda tuman FVB boshlig‘i 1000 dollar pora bilan qo‘lga olindi

Videodan kadr

Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i viloyat boshqarmasidagi mansabdor shaxslar orqali fuqaroning o‘zi rahbarlik qilayotgan bo‘limga ishga qabul qilinishida yordam berish evaziga undan 2000 dollar talab qiladi.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda mazkur mansabdor shaxs so‘ralgan puldan 1000 dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Xabarda mansabdor shaxs Samarqanddagi qaysi tuman FVB boshlig‘i ekaniga oydinlik kiritilmagan.

Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-(firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid