Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bellingcat rahbari Xristo Grozev Rossiyada qidiruvga berildi
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Bellingcat rahbari, bolgariyalik jurnalist-surishtiruvchi Xristo Grozevni qidiruvga berdi.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining Rossiya armiyasi haqida yolg‘on xabarlarni tarqatish moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.
Xristo Grozev Rossiya bilan bog‘liq bir qancha shov-shuvli ishlar bo‘yicha surishtiruv o‘tkazgani bilan nom qozongan. Jumladan, 2018 yilda Buyuk Britaniyada Sergey va Yuliya Skripal Rossiya davlat razvedka boshqarmasi (DRB) xodimlari Petrov va Boshirov tomonidan zaharlangani haqida, 2020 yilda rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy ham shunga o‘xshash holatda zaharlangani haqida surishtiruv maqolalarini e’lon qilgan.
2022 yil yozida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Grozevni Rossiya harbiy samolyotini olib qochmoqchi bo‘lgan Ukraina razvedkasiga yordam berganlikda ayblagan edi.
Grozev bu ayblovlarni rad etib kelmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025