Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada 50 million dollarlik temir rudasi xatlovga olindi - bu Alisher Usmonovga aloqador kompaniyaga tegishli
Ukraina rasmiylari rossiyalik tadbirkorga tegishli kompaniyalarni bojxona to‘lovlarini noqonuniy chetlab o‘tganlikda ayblamoqda.
Ukraina huquq-tartibot idoralari rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga aloqador kompaniyaga tegishli 166 ming tonna temir rudasini musodara qildi. Bu haqda Iqtisodiy xavfsizlik byurosi (IXB), Bosh prokuratura va Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya (nomi ko‘rsatilmagan) Rossiyaning Usmonovga aloqador boshqa korxonalari bilan birgalikda 2021 yildan 2022 yilgacha «uzilish tranziti» mexanizmidan foydalangan holda xomashyoni mamlakat hududidan tashigan va shu orqali bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tgan. Ukraina rasmiylari kompaniyalar faoliyatidan yetkazilgan jami zararni 118 million grivna (taxminan 3,2 million dollar) deb baholamoqda. IXB katta miqdorda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlagan.
O‘z navbatida, UXX xabar berishicha, taxminan 1,8 milliard grivna (taxminan 48,7 million dollar) qiymatidagi hibsga olingan ruda Ukrainaning bir nechta portlarida topilgan, u yerdan yuk Rossiyaga olib o‘tilishi rejalashtirilgan.


IXB ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olingan mulk Aktivlarni kuzatish va boshqarish agentligiga (AKBA) o‘tkaziladi.
Ukraina rasmiylari Rossiya qo‘shinlari bosib olingan hududlardan resurslar, jumladan, donni olib chiqib ketayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Bundan tashqari, iyul oyining ikkinchi yarmida «Azovstal»ga egalik qiluvchi kompaniya Rossiyani 600 million dollarlik po‘latni noqonuniy olib chiqishda aybladi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, ruslar Ukrainadan kungaboqar urug‘ini ham olib chiqmoqda.
Alisher Usmonov Forbes jurnali talqini bo‘yicha rossiyalik eng boylar reytingida 7-o‘rinni egallab turibdi. 2022 yil dekabr holatiga ko‘ra, uning boyligi 11,5 milliard dollarga baholangan. Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan bir necha kun o‘tib tadbirkorga qarshi sanksiyalar kiritdi. Mart oyida AQSh va Buyuk Britaniya ham unga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025