Jahon | 18:08 / 27.12.2022
14369
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada tinch aholini o‘ldirganini tan olgan rossiyalik harbiy «feyk» ma’lumot tarqatishda ayblandi

Rossiyaning Xabarovsk garnizoni harbiy sudiga harbiy xizmatchi Daniil Frolkinga nisbatan ayblov kelib tushgan. U Rossiya armiyasi haqida qasddan yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblanmoqda. «OVD-Info» ushbu jinoyat ishiga e’tibor qaratdi.

Daniil Frolkin Foto: Videodan kadr

«Vajnyye istorii» ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanayotgan shaxsning familiyasi, ismi va sharifi, 2022 yil yozida ushbu nashrga Ukrainaning Kiyev oblasti, Andreyevka qishlog‘ida tinch fuqaroni o‘ldirganini tan olgan rossiyalik harbiyning ism-sharifiga to‘liq mos keladi.

Frolkin o‘shanda «Vajnyye istorii»ga o‘zi o‘ldirgan ukrainalik Kiyev oblastida harakatlanayotgan rus kolonnalari koordinatalarini Ukraina qurolli kuchlariga yetkazgani, uni o‘ldirish buyrug‘i komandir tomonidan berilganini aytgandi. Frolkin o‘sha komandiri va boshqa komandirlarni tanqid qilgan va armiyadan ketishga va’da bergandi.

«Vajnyye istorii» Frolkin iqrori bayon qilingan materialni bosib chiqargan paytda, u haqiqatan ham harbiy xizmatdan ketgan edi.

Nashr ushbu jinoyat ishi bo‘yicha undan izoh olishga uringan, biroq Frolkin qo‘ng‘iroq va SMSlarga javob bermagan. Jinoiy ish uning «Vajnyye istorii» nashriga bergan intervyusiga bog‘liq yoki yo‘qligi noma’lum.

Ukrainada Frolkin urush qonunlari va odatlarini buzganlikda ayblangan. Unga qo‘yilgan jinoyat ishi moddasining sanksiyasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Муҳаммадқодир Собиров
Tayyorlagan Муҳаммадқодир Собиров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid