Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: 2023 yil Ukraina uchun hal qiluvchi yil bo‘ladi
2023 yil Ukraina uchun hal qiluvchi bo‘lishi kerak, dedi Volodimir Zelenskiy 27 dekabr kuni mamlakat fuqarolariga yo‘llagan videomurojaatida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri Oliy qo‘mondon shtabining navbatdagi, 44-yig‘ilishida mamlakat harbiy rahbariyati «yaqin kelajak uchun qadamlar to‘g‘risida qaror qabul qildi».
«Biz Ukraina mudofaa va xavfsizlik kuchlarini kelasi yilga tayyorlashda davom etamiz. Bu hal qiluvchi yil bo‘lishi kerak, - dedi Zelenskiy.
«Biz qishda qanday xavf-xatarlar borligini tushunamiz, bahorda nima qilish kerakligini tushunamiz, demak, butun mudofaa va xavfsizlik sektori qanday natijalarni namoyish qilishi kerakligini bilamiz».
Zelenskiy, shuningdek, yangi yilda ham Ukraina xalqi «milliy maqsadlarimiz to‘g‘risida umumiy tushunchani saqlab qolishi kerak» degan fikrni bildirdi.
«Albatta, bu bizning yerimizning dushmandan ozod etilishi, shuningdek, Ukrainaning tiklanishi, xalqimiz vataniga qaytishi, davlatimizning asosiy hamkorlar bilan yanada yaqinlashishi, Ukraina uchun dunyoda yangi imkoniyatlar ochilishi. Bu nafaqat davlat, balki har birimiz uchun ham yaqin istiqboldagi vazifadir», – dedi prezident.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025