Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘g‘ulistonda Chingizxon asos solgan shahar qayta quriladi
Mo‘g‘uliston prezidenti Mo‘g‘ul imperiyasining qadimiy poytaxti Xarxorum shahrini tiklash to‘g‘risida farmon chiqardi.
Mo‘g‘uliston prezidenti Xurelsux Uxnaa Mo‘g‘uliston hukumatiga Mo‘g‘ullar imperiyasining qadimiy poytaxti Xarxorumni (Qoraqurum) tiklashni buyurdi.
Bu haqdagi farmondan ko‘zlangan maqsad – fuqarolarning sog‘lom va xavfsiz muhitda yashashi uchun sharoit yaratish, asosiy ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholi konsentratsiyasini kamaytirish, hududlarning mutanosib rivojlanishini ta’minlash, davlatning qimmatli merosini mustahkamlash, tarix va madaniyatni tiklashdan iborat.
Xurelsux Uxnaa qadimiy poytaxt Xarxorum tarixiy-madaniy meros ekanini, Buyuk Mo‘g‘ullar imperiyasi qudrati timsoli bo‘lganini ta’kidladi.
«Xarxorum shahrini qayta qurish ulkan ish bo‘lib, buning uchun katta vaqt, mablag‘, mashaqqatli mehnat va fidoyilik talab etilishi aniq. Ammo, biz mo‘g‘ullar, davlat, hukumat, xalq bo‘lib birlashib, bir maqsad yo‘lida astoydil harakat qilsak, mo‘g‘ul zukkoligi, kuch-qudrati, ajdodlar maskani, tabarruk o‘chog‘i bo‘lmish Xarxorum shahrini tiklay olishimizga ishonchimiz komil», dedi prezident.
Xarxorum shahri Chingizxon buyrug‘i bilan 1220 yilda barpo etilgan. U Mo‘g‘ullar imperiyasining poytaxti hisoblangan. Chingizxon o‘limidan keyin poytaxt Kaypin shahriga ko‘chirilgan. Shundan so‘ng, Xarxorum rivojlanishdan to‘xtab qolgan. Hozirgi vaqtda kichik qishloq ko‘rinishida bo‘lib, 10 mingga yaqin odam istiqomat qiladi.
Mavzuga oid
17:48 / 13.05.2025
Mo‘g‘ulistonning Hunnu Air aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
17:44 / 27.02.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida birinchi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
13:22 / 16.01.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida transport qatnovi to‘g‘risidagi bitimlar tasdiqlandi
20:37 / 11.01.2025