Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi darsliklarning o‘ziga xos xususiyatlari ma’lum qilindi
Ular o‘quvchilarga nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘rgatadi.
Prezidentga taqdimot qilingan yangi avlod darsliklari o‘quv-metodik komplekslar (O‘MK) asosini 4K tamoyili tashkil etadi: kritik (tanqidiy) fikrlash, kollaboratsiya (jamoaviy ishlash), kreativlik (ijodkorlik), kommunikatsiya (muloqot ko‘nikmalari).
Ushbu darsliklar quruq ma’lumotlarni yodlatish, yoki shunchaki o‘qish/yozishni o‘rgatish bilan cheklanmaydi. Ular orqali o‘quvchilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bo‘lgan hayotiy ko‘nikmalarni ham o‘rganadi.
Shuningdek, darsliklar bolalarga o‘yin orqali ta’lim berishga ham moslashgan. Ya’ni bolalar psixologiyasi hisobga olingan. O‘quv-metodik komplekslar Android, iOS platformalarida ongni o‘stiradigan o‘yinlar to‘plamiga ega.
Darslikdagi ma’lumotlar rang-barang rasmlar, grafikalar, sodda matnlar orqali berilgan. U o‘quvchini zeriktirib qo‘ymaydi, aksincha yanada qiziqtiradi.
1-3 sinflar uchun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan. Hozirgi bolalar zamonaviy texnologiyalarni bizdan yaxshiroq tushunadi. Shu sababli gadjetlar orqali ta’lim olish ularni fanga yanada qiziqtiradi.
Estudy elektron ta’lim platformasi ishlab chiqilgan. U turli fanlardan olingan bilimlarni mustahkamlash uchun 300 dan ziyod ongni oshiradigan o‘yinli vazifalarni o‘z ichiga oladi. Platformadan darsda ham, uyda ham foydalanish mumkin.
Darsliklarni ishlab chiqishda xalqaro dasturlar (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA) talablari to‘liq inobatga olingan. Finlandiyadagi nufuzli ta’lim kompaniyasi ekspertlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilgan va sertifikat olingan.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
17:17 / 22.05.2025
3 yoshli jiyanini 3 ta tilda gapirtirgan yigit: miya sirlarini o‘rganayotgan Jamshidbek hikoyasi
15:28 / 19.05.2025