Jahon | 07:56 / 03.01.2023
11248
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Makiyivkada 63 askar halok bo‘lganini tasdiqladi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina tomonining Donetsk viloyatidagi Makiyivkaga raketa hujumi natijasida 63 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi. 

Foto: RIA Novosti

«Vaqtinchalik joylashtirish punktiga (Makiyivka aholi punkti yaqinida) kuchli portlovchi kallakli to‘rtta raketa bilan zarba berilgani natijasida 63 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi

Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlariga barcha zarur yordam ko‘rsatiladi», - deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq Ukraina qurolli kuchlarining strategik aloqa departamenti yangi yil kechasida Ukraina kuchlarining Makiyivkadagi rus qo‘shinlari joylashgan joyga bergan zarbasi natijasida safarbar qilingan 400 ga yaqin odam halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga oid