Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiyni murosaga keltirishga urinib ko‘radi
Turkiya prezidenti rossiyalik va ukrainalik hamkasblari bilan muzokara o‘tkazadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina davlat rahbari Vladimir Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirgan. Ta’kidlanishicha, ushbu haftada oliy darajadagi aloqalar bo‘lib o‘tadi.
Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin Hurriyet nashriga ma’lum qilishicha, muzokaralar 4 yanvar, chorshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak. Suhbat mavzusi haqida ma’lumot berilmagan, biroq katta ehtimol bilan Erdo‘g‘an ikkala hamkasbini murosaga chaqirishga urinib ko‘radi.
Putinning Erdo‘g‘an bilan muzokaralarini Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqlagan.
Turkiyaning Ukrainadagi urush bo‘yicha pozitsiyasi ma’lum. Turkiya prezidenti Ukrainadagi urush hech kimga foyda keltirmasligini bir necha bor ta’kidlagan. Erdo‘g‘an urushni tugatish yo‘lini topish uchun Zelenskiy va Putin bilan tez-tez muzokaralar olib bormoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025