O‘zbekiston | 21:27 / 06.01.2023
20043
1 daqiqa o‘qiladi

Ertaga barcha xodimlar uchun ish kuni

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ertaga, 7 yanvar - shanba kuni ishga chiqadilar.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” PF-270-sonli farmoniga muvofiq, 7 yanvar (shanba)dagi dam olish kuni 3 yanvar - seshanbaga ko‘chirilgan. Shu bois besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 7 yanvar — shanba ish kuni bo‘ladi.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa shanba odatdagi ish kuni hisoblanadi.

Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 3 yanvar — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangani hisobiga ushbu toifadagi xodimlar boshqa dam olish kunida ishlab bermaydilar.

Mavzuga oid