Jahon | 11:11 / 10.01.2023
8387
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyev: Rossiya armiyasi Soledarga yangi kuchli hujum boshladi

Rossiya kuchlari Soledarga yangi kuchli hujum boshladi, deb xabar berdi Ukraina Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Anna Malyar. 

Foto: WAGNER GROUP telegram-kanali

«Soledarni qo‘lga kiritish uchun muvaffaqiyatsiz urinish va chekinishdan so‘ng, dushman qayta to‘plandi, yo‘qotishlarni qopladi, qo‘shimcha hujum otryadlarini joylashtirdi, taktikani o‘zgartirdi va kuchli hujumni boshladi», deb yozadi Malyar. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumda «vagnerchilarning eng yaxshi zaxiralaridan tuzilgan» ko‘p sonli hujum guruhlari ishtirok etgan. 

«Dushman o‘z askarlarining jasadlari ustidan tom ma’noda oldinga siljib, artilleriya, ko‘p sonli raketa tizimlari va minomyotlardan foydalanib, hatto o‘z askarlarini ham o‘t bilan yondirmoqda. Hozir shiddatli janglar davom etmoqda», - dedi Malyar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid