Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Turkiya strategik rejalashtirish guruhi majlisi o‘tkaziladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Turkiya elchisi Olgan Bekar bilan o‘tkazgan uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda oliy darajadagi ishonchli muloqot tufayli O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik misli ko‘rilmagan sur’atlarda rivojlanib, amaliy mazmun bilan boyimoqda.
Ikki mamlakat parlamentlari, hukumatlari, vazirliklari, idoralari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida qizg‘in va samarali aloqalar olib borilmoqda.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, tashqi ishlar vazirlari darajasidagi Strategik rejalashtirish guruhi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlislariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlari uchrashuvlari yakunida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni jadallashtirishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025