Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirmoqchi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Rossiya elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
Tomonlarning ikki mamlakat rahbarlari uchrashuv va muzokaralari yakunida erishilgan kelishuvlarni tizimli amalga oshirishga tayyorligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki va ko‘p tomonlama shaklda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvali va ularning kun tartibi muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Rossiyaning xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025