Jahon | 16:14 / 10.01.2023
16813
5 daqiqa o‘qiladi

Soledar mudofaasidagi qo‘mondon va Xerson atrofidagi artilleriyachilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 320-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya qurolli kuchlari 5 yanvardan buyon Soledarni «kuchli darajada shturm» qilmoqda — bu rossiyaliklar uchun muhim operativ maqsad hisoblangan Baxmut yaqinida joylashgan shahardir.
  • Ukraina rasmiylari Ochakov bo‘ylab berilgan zarbalar oqibatida 100 dan ortiq uy shikastlangani, 15 kishi yaralanganini ma’lum qildi.
  • Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi a’zosi Yeva Merkachevaning xabar qilishicha, Ukrainadagi urush uchun yollangan mahbuslar Vladimir Putinning maxfiy farmoni bilan afv etilgan — va bu ular koloniyani tark etib, harbiy harakatlar hududiga yo‘l olishidan oldin ro‘y bergan.
  • «DXR» vakillari Baxmutdan 11 kilometr masofadagi Baxmutskoye aholi yashash manzili «ozod etilgani» haqida xabar berdi. Ukraina tomoni hozircha bu bayonotga munosabat bildirmadi.
  • Samara oblasti rahbariyati Makiyivkadagi baza o‘qqa tutilishi oqibatida yaralanganlarning ro‘yxatini e’lon qilmaslikka qaror qildi.

Kunning asosiy voqeasi. Soledar uchun jang

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari Ukraina armiyasining Soledar shahri atrofidagi mudofaa chizig‘ini yorib o‘tgan — Donetsk oblastidagi bu shahar Baxmutdan o‘n kilometr masofada joylashgan. «Barchasi butkul vayron bo‘lgan, shaharda hayot alomatlari qolmagan. Va minglab odamlar g‘oyib bo‘lgan: Soledar atrofidagi yerlar bosqinchilarning jasadlari va zarbalardan hosil bo‘lgan chandiqlar bilan to‘lgan», — deya vaziyatga izoh bergan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.

Vagnerchilarning hujumlari davom etmoqda: Soledar markazida shiddatli janglar ketmoqda. Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti (ISW) har kungi hisobotida ma’lum qilishicha, vaziyat ukrain kuchlari uchun «juda murakkablashgan», janglar davomida shahar Rossiya harbiylari nazoratiga o‘tishi kutilmoqda. Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi razvedkaga asoslanib qayd etishicha, ukrain kuchlari «chuqur mudofaa chiziqlari barqarorligi»ni saqlab qolishmoqda.

Janglar vaqtida navbatdagi zarbadan keyin Soledar uzra ko‘tarilgan tutun
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiylar Soledardagi yerosti boshpanasida yarador askarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishmoqda
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Soledardagi janglardan keyin ukrainalik yarador harbiyga yordam ko‘rsatish jarayoni
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy boshpanada o‘tirib Soledar atrofidagi front chizig‘idagi vaziyatni o‘rganmoqda
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Soledardagi janglar orasidagi tanaffus chog‘ida dam olayotgan ukrainalik harbiy
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Sirskiy Soledardagi boshpanada turib topshiriq bermoqda.
Roman Chop / AP / Scanpix / LETA

Xerson shahri va Shevchenkovo qishlog‘i bo‘ylab zarbalar oqibatlari

Halok bo‘lgan tanishi jasadi yonida o‘tirgan kishi. U rossiyaliklar artilleriyadan Xersonni o‘qqa tutishi oqibatida halok bo‘lgan.
Pierre Crom / Getty Images
Xarkiv oblastidagi Shevchenkovo posyolkasidagi bozor o‘qqa tutilishi oqibatlari. Bozor rossiyaliklarning 9 yanvar tongidagi raketa zarbasi oqibatida deyarli butkul vayron bo‘lgan. Mahalliy prokuraturaga ko‘ra, ikki ayol halok bo‘lgan, yana olti kishi yaralangan, ular orasida to‘qqiz yoshli bola ham bor.
Vitalii Hnidyi / Reuters / Scanpix / LETA
Shevchenkovodagi bozorga kelib tushgan raketa zarbasidan keyin yuzaga kelgan xarobalar orasidagi yumshoq o‘yinchoq
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Xerson atrofidagi ukrain artilleriyachilari

Ukrainalik harbiylar amerikaliklarning 155-millimetrli M777 gaubitsasidan o‘t ochmoqda — bu NATO davlatlari Ukrainaga eng ko‘p miqdorda yetkazib bergan quroldir. 2022 yil noyabrida ozod etilgan Xerson atrofi.
Pierre Crom / Getty Images
Ukrainalik harbiy xizmatchilar M777 pozitsiyasini to‘g‘rilashmoqda
Pierre Crom / Getty Images
Xerson ustida portlashdan keyin yuzaga kelgan tutun buluti
Pierre Crom / Getty Images

Mavzuga oid