Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Germaniya tashqi ishlar vaziri kelganidan so‘ng Xarkivga hujum qildi
Rossiya Xarkivga Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning shaharga kutilmaganda kelganidan bir necha soat o‘tib zarba berdi. Bu haqda viloyat harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov ma’lum qildi.

Foto: AP
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir shaharda portlash ovozlari eshitilmoqda. Mahalliy aholidan boshpanalarni tark etmaslik so‘ralgan.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Ukrainaning Xarkiv shahriga e’lon qilinmagan tashrif bilan bordi.
Unga Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba va Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksey Makeyev hamrohlik qildi. Tashrif xavfsizlik nuqtayi nazaridan sir tutildi.
Annalena Berbok Germaniya Vazirlar Mahkamasining fevral oyidan beri Sharqiy Ukrainaga tashrif buyurgan birinchi a’zosi bo‘ldi, deb qayd qildi Stuttgarter Nachrichten.
Tashrif chog‘ida vazir ko‘proq qurol-yarog‘ va shuningdek, mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga yordam beradigan «aniq takliflar»ni va’da qildi.
Mavzuga oid

10:12 / 22.05.2025
Rossiya Xarkivga raketa zarbasi berdi, jabrlanganlar bor

10:10 / 03.05.2025
Mer: Xarkivga uchuvchisiz uchoqlar hujum qildi

08:00 / 30.04.2025
Dniproda RF hujumida bir kishi halok bo‘ldi, Xarkivda o‘nlab odamlar jarohatlandi

10:33 / 12.04.2025