Rossiya Kiyev va Xarkivga dronlar bilan zarba berdi, jabrlanganlar bor
Kiyevda dron hujumi natijasida Svyatoshinskiy va Darnitskiy tumanlarida yong‘inlar sodir bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi. Xarkivda Shahed uchuvchisiz uchog‘i hujumi qayd etildi, bir kishi jarohat oldi.

Foto: Ukraine's State Emergency Service/AFP
12 aprel, shanbaga o‘tar kechasi rus qo‘shinlari Kiyevga hujumkor uchuvchisiz uchoqlar bilan hujum qildi. Shahar hokimiyati poytaxtning bir qancha hududlarida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berdi.
«Dushmanning hujumi, urib tushirilgan uchuvchisiz uchoqlardan parchalar tushishi natijasida Kiyevning Svyatoshinskiy va Darnitskiy tumanlarida yong‘in qayd etildi. Xususiy uy va noturar joy zarar ko‘rdi. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda», — deya xabar berdi Kiyev shahar harbiy ma’muriyati o‘zining Telegram-kanalida.
Kiyev meri Vitaliy Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, Svyatoshinskiy tumanida ikki kishi jabrlangan, ularga yordam ko‘rsatilmoqda.
Rossiyaning hujumkor dronlari tunda Xarkivga ham hujum qildi. Shaharda bir qator portlashlar sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Xarkov OHM rahbari Oleg Sinegubov.
Shahar meri Igor Terexov Xarkivga Shahed tipidagi UUA tomonidan uchta zarba berilganini e’lon qildi, ulardan ikkitasi Nemishlyanskiy tumanida sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra, Rossiya hujumi natijasida bir kishi jarohatlangan. «Uning ahvoli og‘ir emas», — deya aniqlik kiritdi Terexov.
Mavzuga oid

13:32 / 05.04.2025
Eutelsat: Germaniya Kiyev uchun sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimini to‘lab beryapti

09:52 / 04.04.2025
Rossiya armiyasi Xarkivga hujum qildi: halok bo‘lganlar bor

13:57 / 23.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor

15:17 / 22.03.2025