Ukraina armiyasi Soledar uchun shiddatli janglarni davom ettirmoqda
Ukraina qurolli kuchlari «Soledarni ushlab turish uchun og‘ir janglarni» davom ettirmoqda, deb xabar berdi mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar o‘zining Telegram-kanalida.
«Dushman o‘z shaxsiy tarkibining og‘ir yo‘qotishlariga e’tibor bermayapti va faol hujumni davom ettirmoqda. Bizning pozitsiyalarimizga yaqinlashish shunchaki halok bo‘lgan dushman askarlarining jasadlari bilan to‘lib toshgan», - deb ta’kidlab o‘tdi Malyar.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik jangchilar safni jasorat bilan ushlab turishibdi.
«Faqat kuchli xalq katta va kuchli dushmanga qarshi shunday astoydil kurasha oladi», dedi vazir o‘rinbosari.
Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning so‘nggi to‘rt kunlik hujumidan so‘ng, Soledarning katta qismi rus qo‘shinlari va "Vagner" XHK kuchlari nazorati ostida bo‘lishi mumkin.
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi tomonidan tayyorlangan Ukrainadagi vaziyat sharhiga ko‘ra, Baxmutdan 10 km shimolda joylashgan ushbu aholi punktini egallab olish, ehtimol, Rossiya kuchlarining asosiy tezkor vazifasidir.
Katta ehtimol bilan u Baxmutni shimoldan chetlab o‘tish va Ukraina aloqa yo‘llarini buzish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Boshqa narsalar qatorida, janglar hudud ostidan o‘tuvchi 200 kilometrlik tashlandiq tuz konlari tunnellariga kirish uchun ham olib borilgan, deb ma’lum qildi London.
Mavzuga oid
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
22:23 / 21.11.2024