Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina harbiylari AQShda Patriot tizimi bilan ishlashga o‘rgatiladi
Ukraina Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari bir necha oy ichida Oklaxoma shtatida Patriot zenit-raketa tizimini boshqarish bo‘yicha tezlashtirilgan kursdan o‘tadilar, deya ma’lum qildi Pentagon.
Pentagon AQSh armiyasining Oklaxoma shtatidagi Fort Sill bazasida ukrainalik harbiylarni Patriot zenit-raketa tizimi bilan ishlashga o‘rgatadi. 10 yanvar, seshanba kuni AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Pet Rayderning so‘zlariga ko‘ra, tegishli kurs kelasi hafta, 16 yanvardan boshlanadi.
Unda Ukraina Qurolli kuchlarining 90 nafardan 100 nafargacha askari qatnashishi ko‘rsatilgan. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, bu bitta Patriot tizimini boshqarish uchun zarur bo‘lgan harbiy xizmatchilar soni. Kurs bir necha oy davom etadi, bu ushbu tizim bilan ishlash uchun odatiy o‘quv davridan sezilarli darajada kamroq. «Ukraina harbiylariga imkon qadar tezroq frontga qaytish imkoniyatini berish uchun mashg‘ulotlar tezlashtiriladi», deb tushuntirdi Rayder.
Patriot zenit-raketa tizimi samolyotlar, qanotli raketalar, dronlar va raketalardan uzoq masofadan turib mudofaalanishga qodir. Avvalroq, ukrainaliklar Germaniyadagi Grafenvyor harbiy poligonida u bilan ishlashga o‘rgatilishi borasida takliflar bildirilgan edi.
Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Ukraina Patriot zenit-raketa tizimini bahor o‘rtalariga qadar qabul qilib, foydalanishni boshlashi mumkinligini aytdi.
Shu bilan birga, Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Pentagonning Ukraina harbiylarini AQShda Patriot zenit-raketa tizimini ishlatishga tayyorlash rejalarini izohlar ekan, bu «Vashingtonning amalda Ukraina mojarosida ishtirok etishining yana bir tasdig‘idir» dedi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025