O‘zbekiston | 15:29 / 07.06.2024
6867
1 daqiqa o‘qiladi

Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligi rahbari etib tayinlandi

U 2017 yildan buyon agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Yozuvchi Shuhrat Rizayev Kinematografiya agentligi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi xabar berdi.

Shuhrat Rizayev 2017 yildan buyon agentlik direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

U 1958 yil 10 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tugatgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligida, Oybek muzeyida, prezident devoni va Vazirlar Mahkamasida, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi faoliyat yuritgan.

2017 yilda prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni asosida «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan. 2021 yilda esa «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

Bundan oldin o‘zbek kino sohasini salkam 5 yil boshqargan Firdavs Abduxoliqov faoliyatini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari sifatida davom ettirishi ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid