Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston o‘tgan yili eng ko‘p poyabzalni Xitoy va Turkiyadan import qildi
2022 yilning yanvar-noyabr oylari davomida O‘zbekistonga dunyoning 39 mamlakatidan 17 million AQSh dollari miqdoridagi 3,9 million juft poyabzal import qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, poyabzal importi hajmi o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 39,2 ming juftga oshgan.
O‘tgan yilning 11 oyi mobaynida O‘zbekistonga Xitoydan – 2,6 million juft, Turkiyadan – 1,1 million, Rossiyadan – 50,7 ming, V’yetnamdan – 43,6 ming, Indoneziyadan – 18,5 ming, Italiyadan – 14,6 ming, Chexiyadan – 7,6 ming va Hindistondan – 6,6 ming juft poyabzal import qilingan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025