Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston qo‘shma sanoat kooperatsiyasi loyihalarini rejalashtiryapti
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston elchisi Musa Jamanbayevni qabul qildi.
Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston - Qirg‘iziston munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuv va muzokaralari yakunida qabul qilingan qarorlarning ijrosi ko‘rib chiqildi.
Tomonlar oliy va yuqori darajadagi rejalashtirilgan tadbirlarning tashkiliy va mazmuniy jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Qo‘shma sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
11:38 / 26.05.2025
Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025