Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda xorijiy korxona 560 tup daraxtni ko‘chirib, 2,8 mlrd so‘m zarar yetkazdi
Korxona tartib-qoidalarga amal qilmasdan 560 tup har xil turdagi va turli o‘lchamdagi daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib, boshqa joyga ko‘chirgan.
Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida xorijiy korxonalardan biri 560 tup daraxtni ko‘chirib, tabiatga va o‘simlik dunyosiga 2,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 9 yanvar kuni Kasbi tumani «Nazartepa» MFYda yashovchi fuqaro viloyat ekologiya boshqarmasiga murojaat qilib, Indorama Agro MChJ XK tomonidan «Nazartepa» MFYdagi Navro‘z hududida har xil turdagi katta va kichik daraxtlar texnika yordamida ildizlari bilan ko‘chirib o‘tkazilganini ma’lum qilgan.

Fuqaroning murojaati inspektorlar tomonidan borib o‘rganilganda Indorama Agro MChJ XK tomonidan 560 tup turli o‘lchamdagi har xil daraxtlar tartib-qoidalarga amal qilmasdan ko‘chirilgani va ularga zarar yetkazilgani aniqlangan.
Noqonuniy daraxt ko‘chirish ortidan tabiatga va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar 2 milliard 824 million 495 ming so‘mni tashkil etgan.

Qayd etilishicha, tabiatga yetkazilgan zararni undirish uchun holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Mavzuga oid
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi
10:01 / 17.03.2025
2024 yil xalqaro reytingda Toshkent havo iflosligi bo‘yicha 19-o‘rinni egalladi
10:04 / 16.03.2025