Jahon | 09:32 / 12.01.2023
3721
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada bahorgi chaqiruv yangi tizim bo‘yicha o‘tkazilishi rejalashtirilyapti

2023 yil bahoridan Rossiya armiyasiga 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar chaqiriladi, deb ma’lum qildi Davlat dumasi mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi.

Foto: RIA Novosti

Davlat dumasining mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi raisi Andrey Kartapolov 11 yanvar, chorshanba kuni chop etilgan «Parlamenskaya gazeta»ga bergan intervyusida, 2023 yil bahoridan boshlab Rossiya armiyasiga 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar harbiy xizmatga chaqirilishini aytdi. Unga ko‘ra, bahorgi chaqiruv boshlanishidan oldin har bir harbiy komissarlik yangi talablar qancha odamga mos tushganini aniqlashi va bu ma’lumotlarni harbiy vazifaga muvofiqlashtirishi kerak.

Kartapolov ta’kidlaganidek, chaqiruv yoshining yuqori chegarasini oshirish haqida gap ketar ekan: "Qisqacha aytganda, harbiy xizmatni o‘tamagan va yetarlicha harbiy xizmatga ega bo‘lmagan 21 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yuz kishi bor, ammo vazifa - 200 kishi. Shunga ko‘ra, ularning yarmini, avvalgidek, 18 yoshlilar, yarmini esa 21 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tashkil etadi", dedi.

Parlament a’zosining ta’kidlashicha, Rossiyada chaqiruv yoshini 18 yoshdan 27 yoshgacha emas, 21 yoshdan 30 yoshga ko‘tarish bir yildan uch yilgacha davom etadi va jarayonning o‘zi bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. "Buning uchun amaldagi qonunchilikka, xususan, harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risidagi qonunga bir qator o‘zgartirishlar kiritish talab etiladi", — dedi Kartapolov.

21 dekabr kuni Sergey Shoygu Rossiya Mudofaa vazirligi kollegiyasida harbiy xizmatga chaqirilish yoshini oshirish taklifini kiritdi. Muddatli harbiy xizmatga chaqirish tizimidagi o‘zgarishlar bo‘yicha rasmiy hujjatlar hali e’lon qilinmagan. Avvalroq Kartopolov parlament quyi palatasi mudofaa qo‘mitasi chaqiruv yoshini oshirish maqsadga muvofiqligiga shubha qilmasligini aytgandi.

Rossiyada 2023 yilda bahorgi muddatli harbiy xizmat 1 apreldan 15 iyulgacha bo‘lishi kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid