Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyaga mezbonlik qiladi
Italiyada Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda 12 yanvar kuni kechqurun Italiya Korxonalar va mahsulotlar vazirligida ushbu idora boshlig‘i Adolfo Ursoning Kiyevga tashrifi yakunlari bo‘yicha ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, vakillik forumi Italiya va Ukraina hukumati va biznes tuzilmalarini bir stol atrofida to‘playdi, konferensiya Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani bilan kelishilgan.
Vazirlik matbuot xizmati, shuningdek, bosh vazir Jorji Melonining Ukrainaga kutilayotgan ehtimoliy tashrifi munosabati bilan «donorlar konferensiyasi va tinchlik rejasi istiqbollari» bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilinganini xabar berdi.
Avvalroq Estoniya joriy yilning yanvar oyi oxirigacha Tallin tomonidan muzlatilgan Rossiya aktivlarini Ukrainaga o‘tkazish imkonini beruvchi qonunchilik bazasini yaratishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.
Estoniya tomonidan muzlatilgan Rossiya mablag‘larining umumiy miqdori 20 million dollarni tashkil qiladi. Umuman olganda, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning 68 milliard yevrolik aktivlarini muzlatib qo‘ydi, bu mablag‘ning 90 foizi Belgiya, Lyuksemburg, Italiya, Germaniya, Irlandiya, Avstriya va Fransiyaga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025