Jahon | 08:24 / 13.01.2023
4986
1 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Soledar rossiyaliklar tomonidan egallanganini tasdiqlamadi

AQSh Mudofaa vazirligi Soledar Rossiya kuchlari tomonidan qo‘lga olinganini tasdiqlamadi. Bu haqda Vashingtondagi brifingda Pentagon matbuot kotibi general Patrik Rayder ma’lum qildi. 

Foto: Picture Alliance

«Biz aniq bilamizki, ukrainaliklar Soledar yaqinida harbiy amaliyotlarni davom ettirmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Pentagon vakili. 

Shuningdek, u Pentagon Moskvaning Ukrainaga Belarus hududidan hujum qilishga tayyorlanayotgani alomatlarini ko‘rmayotganini ta’kidladi.

Rossiya kuchlarining Soledar to‘liq egallab olingani haqidagi bayonotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deb xabar berdi Ukraina Qurolli kuchlarining Sharqiy guruhi vakili Sergey Cherevatiy «Suspilne» telekanaliga bergan intervyusida. 

«Rossiyaliklar Soledar ularning nazorati ostida ekanini aytishyapti, bu haqiqat emas. Tafsilotlar Bosh shtab xulosasida, kuting», - deb ma’lum qildi u.

O‘z navbatida, Ukraina Qurolli kuchlarining Strategik aloqa boshqarmasi Yevgeniy Prigojinning «Vagner» XHKning rossiyalik yollanma askarlari Soledar butun hududini nazorat qilayotgani haqidagi bayonotini yolg‘on ma’lumot va psixologik operatsiya deb atadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid