Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV: O‘zbekiston va Turkiya harbiy-tibbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qiladi
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Turkiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi janob Olgan Bekar boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Ta’kidlanganidek, bugungi kunda ikki qardosh xalq o‘rtasida barcha sohalar qatori tibbiyot tizimida ham hamkorlik aloqalari yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda. Xususan, davolash muassasalarini qurish, tibbiy ta’lim va menejmentni rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish kabi yo‘nalishlarda ikki davlat Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida qo‘shma loyihalar amalga oshirilyapti.
Bugungi uchrashuvda ushbu ezgu an’ana davom ettirilib, Turkiyaning Sog‘lik bilimlari universiteti rektori Javdat Erdol bilan manfaatli kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, yurtimizda yuqori texnologiyali operatsiyalarni amalga oshiradigan tor soha mutaxassislarini ikki yillik klinik ordinaturada tayyorlash qo‘shma dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. Bunda tibbiy ta’limning ilk o‘quv yili Sog‘lik bilimlari universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekistonda olib boriladi. Ikkinchi o‘quv yili esa Turkiyadagi 60 ta nufuzli klinikada davom ettiriladi.
Muloqot doirasida davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi va Harbiy gospitali uchun menejment hamda davolash yo‘nalishlarida malakali kadrlar tayyorlash, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishga tushirish, turkiyalik harbiy shifokor-professorlarni o‘quv jarayonlariga jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari ishtirokida Sog‘lik bilimlari universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi», deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, mazkur oliy o‘quv yurti 1903 yil Anqara shahrida faoliyat boshlagan bo‘lib, harbiy, kimyoviy, yadroviy va radiatsion tibbiyot sohasida katta tajribaga ega. Shuningdek, muassasa aviatsiya tibbiyoti bo‘yicha Turkiyadagi yagona oliy ta’lim dargohi hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025