Himolayda yo‘lovchi samolyoti quladi. O‘nlab kishilar halok bo‘ldi (video)
Nepalda yo‘lovchi samolyot qo‘nishga tayyorlanayotgan vaqtda qulab tushdi. Uning bortida 72 kishi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning hech biri omon qolmagan.

Foto: EMPICS
Yeti Airlines aviakompaniyasining poytaxt Katmandudan Pokxara shahriga parvoz qilgan ATR-72 turbovintli samolyoti yakshanba kuni tongda Nepal xalqaro aeroporti yaqinida qulab tushdi. Samolyotda 68 nafar yo‘lovchi va ekipajning to‘rt nafar a’zosi bo‘lgan.
Rasmiy shaxslar xabar berishicha, voqea joyida 40 kishining jasadi topilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda halokat joyida ko‘tarilgan quyuq tutunni ko‘rish mumkin.
Boshqa bir videoda esa aholi yashash manzili ustida pastlab uchayotgan samolyot keskin burilib sho‘ng‘igani aks etgan.
Nepal armiyasining yuzlab askarlari aeroportdan bir yarim kilometr masofada, Seti daryosi darasidagi halokat joyida qutqaruv ishlarida ishtirok etmoqda.
«Biz yanada ko‘proq odamlar jasadlari topilishini kutmoqdamiz», degan armiya vakili Reuters agentligiga va samolyot halokat chog‘ida ikkiga bo‘linib ketganini qo‘shimcha qilgan.
AFP xabar berishicha, halokat joyidan bir necha nepallik tirik holda topilgan, ular kasalxonaga jo‘natilgan. Ularning ahvoli o‘ta og‘ir.
Mamlakat bosh vaziri Pushpa Kamal Daxal o‘z hukumatining favqulodda yig‘ilishini chaqirgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilardan 53 nafari - nepalliklar bo‘lgan. Samolyotda besh nafar hindistonlik, to‘rt rossiyalik va ikki koreyalik bo‘lgan. Shuningdek, yo‘lovchilar orasida Irlandiya, Avstraliya, Argentina va Fransiyaning bir nafardan fuqarolari bor edi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

15:26 / 25.02.2025
Hind okeanida 11 yil avval yo‘qolgan samolyotni qidirish ishlari qayta boshlandi

17:17 / 19.02.2025
AZAL samolyoti halokati bo‘yicha yakuniy hisobot yil oxirigacha e’lon qilinadi

13:56 / 08.02.2025
Alyaskada bedarak yo‘qolgan samolyot parchalari topildi, bortdagilar halok bo‘lgan

22:34 / 06.02.2025