Jahon | 16:43 / 16.01.2023
19925
5 daqiqa o‘qiladi

Dniproga raketa zarbasidan omon qolganlar, Donbass shimolidagi ukrain askarlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 326-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF mudofaa vazirligi Ukraina bo‘ylab 14 yanvar kuni yo‘llangan raketa zarbalari yuzasidan (aynan o‘shanda raketalardan biri Dniprodagi turar joy binosiga tushib, ikki pod’yezdni yakson qilgan) izoh berdi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, zarbalardan maqsad «Ukraina harbiy boshqaruv tizimlari va u bilan aloqador energetika obektlari» bo‘lgan va «zarbadan maqsadga erishilgan»;
  • Dniproda to‘qqiz qavatli uyga hujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi, yana 70 dan ortiq kishi yaralangan, 30 dan ortiq kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda;
  • Belgorod oblastida harbiy xizmatchilardan biri safarbar qilingan askarlar orasida obro‘ qozonish uchun granata portlatib yuborgan, natijada uch kishi halok bo‘lib, 16 kishi yaralangan;
  • Angarsklik sobiq militsioner, ko‘p sonli zo‘ravonliklar va qotilliklar uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Mixail Popkov «Vesti-Irkutsk» davlat telekompaniyasiga bergan intervyusida yana ikki qotillik uchun aybiga iqror bo‘ldi va armiyaga yozilib, Ukrainadagi urushga yo‘l olish haqida o‘ylayotganini aytdi;

Dnipro

14 yanvar kuni Dniproda Pobeda sohilidagi to‘qqiz qavatli uyning ikki pod’yezdini vayron qilgan raketa zarbasi kelib tushgan joyda ishlayotgan quruvchilar. Ukraina hukumatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, bu zarba oqibatida 40 kishi halok bo‘lgan, yana 35 kishi bedarak ketgan, 70 dan ortiq kishi yaralangan.
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Dniprodagi qutqaruv amaliyotining yuqoridan ko‘rinishi. Bu Ukrainada o‘tgan yil iyunidan buyon fuqarolik obektiga qilingan eng vayronkor hujum bo‘ldi, o‘shanda Kremenchugdagi «Amstor» savdo markaziga raketa kelib tushganida, Ukraina davlat favqulodda vaziyatlar xizmati 59 kishi jabrlangani va kamida 20 kishi halok bo‘lgani, yana o‘nlab kishilar bedarak yo‘qolgani haqida ma’lum qilgandi.
Wojciech Grzedzinski / The Washington Post / Getty Images
Qutqaruvchilar Dniprodagi ko‘p qavatli bino xarobalarida ishlamoqda
Mykola Miakshykov / Ukrinform / SIPA / Scanpix / LETA
Dniproda raketa kelib tushgan uy hududida ish jarayoni
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Dniproda Pobeda sohilidagi turar joyda yashovchilar o‘z uylariga raketa kelib tushishi oqibatlarini kuzatmoqda
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Dniproda Pobeda sohilidagi turar joy binosida yashovchi ayol qutqaruvchilar ishini kuzatmoqda
Mustafa Ciftci / Anadolu Agency. / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Raketa zarbasidan vayron bo‘lgan uy aholisi
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar ushbu uyda yashovchilardan biriga o‘zining vayron bo‘lgan kvartirasidan chiqishda yordamlashmoqda
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Pobeda sohilidagi to‘qqiz qavatli uy vayronalari ostida aholi vakilini olib chiqayotgan qutqaruvchilar
Sergei Chuzavkov / AFP / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar raketa zarbasi ostida halok bo‘lgan tinch aholi vakili jasadini vayronalar ostidan olib chiqishmoqda
Ukraina DFVX / Reuters / Scanpix / LETA
Dniprodagi Pobeda sohilida yashovchi kishilar o‘choqda suv qaynatishmoqda
Yevhenii Zavhorodnii / Global Images Ukraine / Getty Images

Donbass shimolidagi ukrain askarlari

Ukraina qurolli kuchlari askarlari Donetsk oblastidagi front chizig‘ida joylashgan tashlandiq uyda okop shamida isinishmoqda
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency. / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donbassdagi front chizig‘idagi tashlandiq uydagi ukrainalik dron operatorlari
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency. / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainlarning artilleriya raschyoti Donetsk oblastidagi front chizig‘ida
Diego Herrera Carcedo / Anadolu Agency. / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Ukrainlarning havo hujumidan mudofaa tizimi Baxmut atrofidagi front chizig‘ida ishlamoqda
Oleksandr Ratushniak / Reuters / Scanpix / LETA

Rossiya armiyasining Xerson oblastidagi tanklari 

Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismida rossiyalik tankchi snaryadga bitik yozmoqda
Andrey Rubsov / TASS
Rossiyaning T-72B3M tanki ekipaji Xerson oblastining okkupatsiya qilingan qismida
Andrey Rubsov / TASS

Mavzuga oid