Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Koza nostra»ning 30 yil qidirilgan xo‘jayini Sitsiliyada hibsga olindi
Italiya politsiyasi Sitsiliyada «Koza nostra»ning eng ko‘p qidirilgan xo‘jayini Matteo Messina Denaroni qo‘lga oldi.
The Insider nashrining yozishicha, Denaro Palermodagi xususiy klinikalardan birida ushlangan va u yerda onkologik tekshiruv uchun kasalxonaga yotqizilgan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari hibsga olishni shunday tasvirladi: «Soat 9:35 da xo‘jayinni qora furgonga o‘tkazishdi, unga ko‘plab shahar aholisining olqishlari ostida bir nechta karabinerlar mashinalari hamrohlik qildi».
Matteo Messina Denaro 1993 yildan beri politsiyadan yashirinib kelgan va eng ko‘p qidirilgan italyan mafiozlari ro‘yxatining boshida turgan. U kamida 50 kishini o‘ldirganlikda gumon qilinmoqda.
Denaroning qo‘lga olinishi 1993 yil 15 yanvarda Palermoda bo‘lib o‘tgan Toto Riina («Koza nostra» mafiyasining sobiq rahbari, «bosslar boshlig‘i») ushlanganidan roppa-rosa 30 yil o‘tgach sodir bo‘ldi.