Manba: Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolindi
DXX va Bosh prokuraturaga uning faoliyatini tekshirish bo‘yicha topshiriq berilgandi.

Toshkent shahri sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekistonni tark etmoqchi bo‘lganida to‘xtatildi. Bu haqda bloger Nikita Makarenko o‘z manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Manbaning aniqlik kiritishicha, sobiq hokim bugun tongda shahardan o‘z oilasi bilan chiqib ketishga uringanida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ortiqxo‘jayev 15 yanvar kuni prezident rahbarligidagi shtab yig‘ilishida qish mavsumiga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagani uchun ishdan olingan.
16 yanvar kuni prezident huzurida energiya resurslari ta’minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda DXX va Bosh prokuraturaga lavozimidan ozod etilganlarning faoliyatini tekshirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Prezident uning ishdan olinishi haqida gapirib, bunga «quruq gap bilan, yolg‘on «svodka» bilan pastga tushmagani» sabab bo‘lganini aytgan va uni «noinsof, oyog‘i yerdan uzilgan» deb atagan.
Mavzuga oid

19:45 / 21.05.2025
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi

20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

20:24 / 20.05.2025