Toshkentda sekin-asta gaz bosimi ko‘tarilmoqda - “Hududgazta’minot”
Gaz idorasi aholidan gaz plitalari va qozonlarini tekshirib ko‘rish, xavfsizlik qoidalariga rioya etishni so‘ramoqda.
Toshkent shahridagi xonadonlarda tabiiy gaz bosimi asta-sekin ko‘tarilmoqda. Bu haqda Kun.uz'ga “Hududgazta’minot” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kompaniya aholidan barcha gaz uskunalari, xususan plitalar va qozonlarni tekshirishni, favqulodda holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun xavfsizlik texnikasiga rioya etishni so‘radi.
Ma’lum qilinishicha, 3– va 5-sonli issiqlik markazlariga gaz yo‘naltirilmoqda, bu jarayonga gaz ta’minoti xodimlari biriktirilgan.
“Hududgazta’minot”ga ko‘ra, Shayxontohur, Olmazor, Uchtepa va Chilonzor tumanlaridan boshlab shaharning barcha tumanlarida gaz bosimi ko‘tarilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zgidromet” sovuq antitsiklon zaiflasha boshlaganini xabar qilgandi. Unga ko‘ra, hafta o‘rtalarida kunlik harorat ko‘tariladi: ish haftasi oxirigacha –3...+2 daraja, kechasi –8...–13 daraja sovuq bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
21:43 / 21.11.2024
Toshkentda pod’yezdda qoldirilgan velosiped va kolyaskalar PPX tomonidan olib ketilmoqda
19:18 / 21.11.2024