Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Singapur Savdo-sanoat palatasi tashkil etiladi
O‘zbekiston delegatsiyasining Singapurga tashrifi doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ushbu mamlakat savdo va sanoat vaziri Gan Kim Yong bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Shu kuni biznes-forum bo‘lib o‘tdi, unda ikki mamlakatning yetakchi ishbilarmon doiralarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Tadbir doirasida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning keng ko‘lamli ustuvor yo‘nalishlarini qamrab oluvchi 23 ta ikki tomonlama bitimlar ro‘yxati imzolandi.
- Biz iloji boricha ko‘proq korxonalar O‘zbekistoning va uning ulkan salohiyatini haqida bilishini istaymiz. Buning uchun mamlakatingizga yangi investorlarni jalb etishda doimiy yordam ko‘rsatishga tayyormiz. Shuningdek, biz O‘zbekiston tovarlarining Janubi-Sharqiy Osiyo va butun Osiyo-Tinch okeani mintaqasi bozorlariga chiqishi uchun ko‘prik bo‘la olamiz, – dedi Singapur savdo va sanoat vaziri.
Uchrashuvdan so‘ng hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shu tariqa, davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston bilan Singapur o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hukumatlararo memorandum imzolandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston-Singapur Savdo-sanoat palatasini tashkil etish va biznes-inkubatorlarni rivojlantirish bo‘yicha Singapur tajribasini O‘zbekistonga jalb etishni belgilovchi qator kelishuvlar qabul qilish masalasi kelishib olindi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi
11:53 / 11.02.2025