Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Singapur tajribasi asosida aeroportlarni rivojlantiradi
O‘zbekiston transport vaziri I.Mahkamov Singapurda ushbu mamlakat transport vaziri S.Isvaran bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Unda mamlakatlar o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Singapur tajribasi asosida aeroportlarni rivojlantirish, jamoat transportini raqamlashtirish, respublikada transport-logistika markazlarini qurish, o‘zbek mutaxassislarini Singapurda tajribasini oshirishni tashkillashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Transport vazirligi va Singapur Transport vazirligi o‘rtasida transport sohasida bitim imzolandi. Bitimga ko‘ra, tomonlar qisqa muddatda qo‘shma ishchi guruhini tuzib, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish belgilandi.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025