Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand sentabr oyida xalqaro turnirga mezbonlik qiladi
2023 yilning 16-17 sentabr kunlari Samarqand shahrida Triatlon bo‘yicha «Challange Samarkand» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli musobaqa Samarqand turizm markazi – «Silk Road Samarkand»da «Challenge family» tasnifida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bugun, 17 yanvar kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida OAV xodimlari ishtirokida ushbu turnirga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Kun.uz muxbiri matbuot anjumanidan fotolavha tayyorladi.
Ko‘hna shahardagi musobaqada xorijlik sportchilar bilan birga sportga qiziquvchi havaskorlar ham ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Musobaqaning sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil etishi kutilmoqda.
Ishtirokchilar uchun 3 bosqichli sportda yosh toifasiga qarab masofa belgilab beriladi. Unga ko‘ra, o‘rta masofada dastlab 1,9 kilometr suzish, 86 km velopoyga va 21,5 kmga yugurish bosqichlaridan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Ayollar va yoshlar uchun masofalar qisqaroq bo‘ladi.
Tomoshabinlar uchun musobaqani ko‘tarinki ruhda kuzatishlari va yaqinlarini qo‘llab-quvvatlashlari uchun imkoniyat yaratilishi ta’kidlandi.
Samarqand shahridagi ushbu xalqaro turnir mamlakatimizda sportni, ayniqsa triatlon va sport turizmini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025