Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UQK bosh shtabi: Ukrainada 116 mingdan ortiq rus askari halok bo‘ldi
Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishda ishtirok etgan va halok bo‘lgan rossiyaliklar soni 116 mingdan oshdi, deb ma’lum qildi Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida bu ko‘rsatkich 790 nafarga oshib, 116 ming 80 nafarni tashkil etgan.
Bundan tashqari, Rossiya bir kun davomida yana 12 ta tankni (urush boshlanganidan beri 1338 ta), 21 ta zirhli jangovar mashinasini (6204 ta), 5 ta artilleriya tizimini (2099 ta), 1 ta yalpi o‘t ochish reaktiv tizimini (438 ta), 1 ta havo hujumidan mudofaa tizimini (220 ta), 24 ta avtotransport va avtosisternani (4870 ta) hamda 3 ta maxsus texnikani (190 ta) yo‘qotdi, deyiladi Facebook'da.
Bundan oldin AQSh Urushni o‘rganish instituti (ISW) Kreml kelgusi 6 oy ichida tashabbusni qayta qo‘lga kiritish va Ukrainaning operativ muvaffaqiyatlari seriyasiga chek qo‘yish uchun «hal qiluvchi strategik harakatlarga» tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.
Tahlilchilar bunday harakatlar uchun bir-birini istisno qilmaydigan bir nechta variantni ko‘rib chiqyapti. Shu tariqa, Rossiya armiyasi Luhansk viloyatida yirik hujum uyushtirishga harakat qilishi mumkin, deb hisoblaydi ISW ekspertlari.
Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlari Xerson yoki Zaporijjya viloyatlarida hujum uyushtirishi dargumon va bu hududlarda mudofaa amaliyotlariga ustuvor ahamiyat berishadi, deydi tahlilchilar.
Hisobot mualliflari yana bir «hal qiluvchi strategik harakat» sifatida Rossiya tomonining Ukraina qarshi hujumini qaytarish va Ukrainani tashabbusdan mahrum qilish, uning mexanizatsiyalashgan kuchlari muhim qismini yo‘q qilish bo‘yicha ehtimoliy urinishini keltirgan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025