Baxmutdagi «Oq farishtalar», Donbassdagi artilleriyachilar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 328-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- 14 yanvar kuni rossiyaliklar raketasi turar joyga tushgan Dniproda qidiruv-qutqaruv amaliyoti yakunlandi. Ukraina hukumati ma’lumotiga ko‘ra, 45 kishi halok bo‘lgan, jumladan olti nafar bola. Yana 79 kishi, jumladan 16 bola jarohatlangan.
- Moskvada Lesya Ukrainka yodgorligi oldida Dniproda halok bo‘lganlar xotirasiga barpo etilgan stixiyali memorial oldida yig‘ilgan odamlar politsiya tomonidan qo‘lga olindi.
- Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘ninchi paketini tayyorlamoqda, bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen ma’lum qildi. Bu paket orqali avvalroq qo‘llangan cheklovlarni aylanib o‘tishga yordam beruvchi lazeykalar ham yopiladi.
- «Vajnyye istorii» Ukraina xavfsizlik xizmati Dniproga raketa zarbasiga aloqadorlikda ayblagan rossiyalik harbiylar bilan telefon orqali bog‘landi. Ulardan biri avvaliga polkka aloqadorligini tan olgan, keyin esa jurnalistni haqoratlay boshlagan hamda Qrim annexiasi va Ukraina hududlari 2022 yilgi bosqin davomida egallab olinishini oqlagan.
- Aleksey Arestovich Ukraina prezidenti ofisi rahbarining shtatdan tashqari maslahatchisi lavozimidan iste’fo berdi. Uning arizasi qanoatlantirildi.
- Rossiyada ilk bor nomida «ChVK Vagner» so‘zlari ishtirok etgan kompaniya paydo bo‘ldi — «ChVK Vagner Tsentr». U Prigojin qurgan biznes-markazda ro‘yxatga olingan.
Baxmutdan tinch aholi evakuatsiyasi va jasadlar olib chiqilishi
Rossiya qo‘shinining Donetsk oblasti Baxmut shahrini egallash uchun urinishlari o‘tgan yil iyul oyidan buyon davom etmoqda — harbiy ekspertlar taxmin qilishicha, qo‘shni Soledar boy berilishi, RF vakillari bu shahar egallangani haqida uch marta xabar qilishdi (Ukraina tomoni buni rad etgan), Rossiyaning Baxmutda muvaffaqiyatga erishish uchun imkoniyatlarini oshiradi.
17 yanvar kuni Ukraina davlat chegara xizmati ushbu shahar uchun janglar vaqtida rossiyaliklar vzvodi yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Rossiya tomoni bu ma’lumotni izohlamadi. Shuningdek, shu kuni Baxmutda kanadalik harbiy vrach halok bo‘lgani haqida xabar qilindi, u shu vaqtgacha Ukraina qurolli kuchlarining xorijiy legioni safida xizmat qilayotgandi.
Baxmutda «Oq farishtalar» ortyadi ishlamoqda — bu harbiy harakatlar hududidagi aholiga gumanitar yordam yetkazish, u yerdan tinch aholi vakillari evakuatsiyasiga yordam berish, shuningdek, halok bo‘lganlarning jasadlarini olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi politsiya ekipajidir. Quyida ularning Baxmutdagi faoliyati suratlarda.
Baxmutdagi ukrain harbiylari
Rossiya raketa zarbasidan ikki kundan keyin Dniprodagi vaziyat
Rossiya harbiylari 14 yanvar kuni Dniproni o‘qqa tutishgandi. Raketalardan biri to‘qqiz qavatli uyga tushib, ikki pod’yezdni qulatgan. Ukraina hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, 45 kishi halok bo‘lgan, ular orasida olti nafar bola bor. Jami 120 nafar dniprolik jabrlangan. Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich rossiyaliklar raketasi ukrainlar havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini taxmin qilgandi. Ukraina bo‘ylab tanqidlar to‘lqinidan keyin u o‘z so‘zlari uchun uzr so‘radi va iste’foga chiqdi. Uning versiyasi Rossiya rasmiy shaxslari tomonidan dastak qilindi — prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov va RFning BMT Xavfsizlik kengashi qoshidagi maxsus vakili Vasiliy Nebenzya.
Quyidagi suratlarda Dniprodagi ayni vaqtdagi vaziyat.
Donbassdagi oldingi chiziqda ukrain artilleriyachilari
Volnovaha o‘qqa tutilishi oqibatlari
Ukraina qo‘shini Volnovaxa bo‘ylab zarbalar berdi. Shahar Donetskdan taxminan 50 kilometr janubi-g‘arbda joylashgan va Rossiya nazoratida qolmoqda. O‘qqa tutish oqibatida Lenin ko‘chasidagi «Uyut» mehmonxonasi binosi shikastlangan, bu yerda sakkiz kishi bo‘lgan. «DXR» FVV ma’lumotiga ko‘ra, tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31 / 23.11.2024