Greta Tunberg Germaniya politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi
Shvetsiyalik ekofaol politsiya bo‘limida bir necha soat vaqt bo‘ldi. Greta Tunberg Germaniyaning Lyutserat qishlog‘i yaqinidagi ko‘mir konining kengaytirilishiga qarshi namoyish chog‘ida qo‘lga olindi.
Germaniyada 17 yanvar, seshanba kuni ekologik faol Greta Tunberg vaqtincha qo‘lga olindi. U tashlab ketilgan Lyutserat qishlog‘i yaqinidagi ko‘mir konining kengaytirilishiga qarshi norozilik namoyishida ishtirok etgan.
Tunberg va boshqa namoyishchilar shaxsini aniqlash uchun politsiya bo‘limiga olib ketildi. Hammasi bo‘lib, bir necha o‘nlab odamlar qo‘lga olingan, deb ma’lum qildi Axen politsiyasi vakili Dana Tsimmerman. Rasmiy ravishda ular hibsga olinmagan, dedi u.
Lyutseratdagi vaziyat yanvar oyi boshida keskinlashdi: ko‘chirilgan qishloq Germaniyadagi eng yirik qo‘ng‘ir ko‘mir konlaridan biri Garsvaylerni kengaytirish uchun buzib tashlanishi rejalashtirilgan. Lyutserat aholisi RWE konsernidan tovon puli olib, bu aholi punktini tark etishgan. Shundan so‘ng u yerga ekologiya faollari o‘zboshimchalik bilan joylashib oldi.
11 yanvar kuni politsiya faollarni Lyutseratdan haydab chiqarish va binolarni buzish operatsiyasini boshladi. Biroq faollar qarshilik ko‘rsatishdi – butun Germaniyadan minglab odamlar qishloqda norozilik namoyishiga to‘plandi. Tabiat himoyachilari ko‘mir konining kengayishi nafaqat atrof-muhitga zarar yetkazishi, balki iqlim bo‘yicha Parij kelishuviga ham zid ekanligini ta’kidlamoqda. 15 yanvar kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari operatsiya tugaganini e’lon qildi, biroq keyinroq namoyishlar davom etdi.
Mavzuga oid
08:28 / 09.11.2024
Robert Habek Germaniya kanslerligiga nomzod bo‘lishi mumkin
07:51 / 07.11.2024
Germaniyada hukmron koalitsiya parchalandi
21:31 / 06.11.2024
Germaniya muhim infratuzilmalar himoyasini kuchaytirish niyatida
17:38 / 04.11.2024