Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar 2022 yilda turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatga chiqqani aytildi
2022 yilda 5,2 mln nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.
Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkichni 2021 yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 2 968,4 ming nafarga yoki 2,4 martaga oshganini kuzatish mumkin.
O‘zbekistonliklar 2022 yilda turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qilgan davlatlar orasida Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egalladi – 2,4 mln nafar.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 1 mln nafar;
- Tojikiston – 785 ming nafar;
- Turkiya – 305,9 ming nafar;
- Rossiya – 250,7 ming nafar;
- BAA – 128,3 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni – 69,4 ming nafar;
- Misr – 36,8 ming nafar;
- Kuvayt – 24 ming nafar;
- Janubiy Koreya – 23,1 ming nafar;
- AQSh – 16,6 ming nafar;
- Ozarboyjon – 12 ming nafar;
- Hindiston – 10,6 ming nafar;
- Gruziya – 8,2 ming nafar;
- Germaniya – 7,1 ming nafar.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
12:13 / 21.05.2025