Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 09:53 / 18.01.2023
27306
2 daqiqa o‘qiladi
Toshkent markazida harakatlanayotgan yengil mashinalar soni 20 foizgacha qisqartiriladi
Foto: Kun.uz
Prezidentning "Toshkent shahrida transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va yo‘l harakatini raqamli boshqarish tizimini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi «Toshkent shahar tirbandlik yuqori bo‘lgan ko‘chalarida o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, transport oqimlarini samarali boshqarishni joriy etish va yo‘l o‘tkazgichlari qurish konsepsiyasi» tasdiqlanadi:
- chorrahalar va avtomobil yo‘llaridan o‘tayotgan transport vositalari harakatini samarali boshqarish va taqsimlash tizimini yaratish orqali tirbandliklar yuzaga kelishining oldini olish va ularning sonini keskin kamaytirish;
- avtomobil yo‘llari infratuzilmasini takomillashtirishda jamoat transporti harakati ustunligini ta’minlash orqali jamoat transportining jozibadorligini oshirish va shahar markazida harakatlanayotgan yengil avtotransport vositalarining sonini 20 foizgacha qisqartirish;
- tartibga solingan yo‘l bo‘yi pulli avtomobil to‘xtash joylari tizimini tashkil etish orqali pulli avtomobillar to‘xtash joylari sonini ko‘paytirish va bevosita shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanish darajasini kamaytirish;
- chorrahalar geometrik parametrlarini o‘zgartirish yo‘li bilan avtotransport vositalarining o‘tkazuvchanligini 15 foizga oshirish, avtotransport vositalaridan atrof tabiiy muhitga yetkazilayotgan zararlar miqdorini 35 foizgacha kamaytirish;
- yo‘l o‘tkazgichlar va chorrahalarni loyihalash va qurishda zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish orqali raqamlashtirish ko‘rsatkichini 90-95 foizga ko‘tarish;
- avtotransport vositalari og‘irligi va gabariti nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalari tizimini yaratish orqali shahar yo‘llari bo‘ylab yuk tashuvlarini tartibga solish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025