O‘zbekiston | 17:18 / 18.01.2023
8086
2 daqiqa o‘qiladi

«Vaqf» xayriya jamoat fondiga yangi rahbar tayinlandi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Toshkent shahridagi «Bo‘ta buva» jome masjidi imom-xatibi Ziyovuddin Mirsodiqov «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlov haqda 18 yanvar kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi vasiylik kengashi yig‘ilishida e’lon qilingan. Ziyovuddin Mirsodiqov 2020 yilning noyabridan buyon fondga rahbarlik qilib kelgan Yahyo Abdurahmonov o‘rnini egalladi.

Ma’lumot uchun, Ziyovuddin Mirsodiqov ko‘p yillardan buyon diniy sohada faoliyat olib borgan. U Toshkent viloyatidagi «Tursunmat qori», «Eski Toshkent», Andijon viloyatidagi «Jiddai Muborak», Toshkent shahridagi «Yunusobod-Oq tepa» kabi jome masjidlarda imom-xatib vazifalarida ishlagan.

Shuningdek, «Sayyid Muhyiddin Maxdum» va «Ko‘kaldosh» madrasalari mudiri vazifalarida mehnat qilgan.

Mavzuga oid