O‘zbekiston | 13:59 / 23.01.2023
7534
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yil oxirigacha 170 ta konteynerda tibbiyot punktlari tashkil etiladi

Hozirgacha tashkil etilgan 40 ta tibbiyot punktini ta’mirlash, jihozlash va kommunikatsiya tizimlariga ulash uchun mahalliy budjetdan 900 mln so‘m ajratildi.

Foto: Xalq so‘zi

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov mahallalarda tibbiyot punktlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qaror bilan hozirgacha tashkil etilgan bunday turdagi tibbiyot punktlarini ta’mirlash, kommunikatsiya tizimlariga ulash va jihozlash uchun 900 mln so‘m mablag‘ ajratilmoqda.

Hujjatda ta’kidlanishicha, konteynerlarda tashkil qilinadigan mazkur turdagi tibbiyot punktlari soni shaharda yil oxirigacha 170 taga yetkaziladi. Jumladan, Bektemir tumanida 10 ta, Mirobod tumanida 7 ta, Mirzo Ulug‘bek tumanida 17 ta, Olmazor tumanida 27 ta, Sergeli tumanida 15 ta, Uchtepa tumanida 11 ta, Chilonzor tumanida 12 ta, Shayxontohur tumanida 26 ta, Yunusobod tumanida 19 ta, Yakkasaroy tumanida 7 ta, Yashnobod tumanida 13 ta hamda Yangihayot tumanida 6 ta tibbiyot punkti bo‘ladi.

Shuningdek, hozirgacha tashkil qilingan 40 ta tibbiyot punktida ta’mirlash, jihozlash va kommunikatsiya tizimlariga ulash ishlari yakuniga yetkaziladi. Buning uchun ularning har biriga shahar mahalliy budjetining zaxira mablag‘lari hisobidan o‘rtacha 23 mln so‘m, jami 900 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.     

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid