Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adliya vazirligi: davlat ramzlari tasviri tushirilgan belgilardan tijorat maqsadida foydalanish mumkin emas
Adliya vazirligi O‘zbekiston davlat ramzlarini hurmat qilish va qonunga binoan faoliyat yuritish bo‘yicha murojaat yo‘lladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
O‘zbekiston Respublikasi «Davlat gerbi to‘g‘risida»gi qonunining 5-1-moddasi hamda «Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi qonunining 5-2-moddasiga muvofiq, davlat ramzlari tasviri tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
«Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi qonunning 10-moddasida davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar, davlatlarning rasmiy nomlari tovar belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi belgilangan.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 215-moddasida O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi, deb belgilangan.
Mavzuga oid
14:51 / 12.04.2025
Yo‘l harakati qoidalari yangi ogohlantiruvchi va qo‘shimcha axborot belgilari bilan to‘ldiriladi
07:38 / 12.06.2024
Qayta ishlanishi majburiy bo‘lgan chiqindi tovarlariga belgi qo‘yish boshlanadi
13:50 / 21.04.2023
Twitter bepul tasdiqlash belgilarini olib tashlashni boshladi
09:02 / 26.10.2022